24/07/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 651 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,7 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

Avtomobil benzini – 651 ming tonna

Koʻmir – 2,5 mln tonna

Neft – 391,3 ming tonna

Gaz kondensati – 608,4 ming tonna

Avtobus – 383 dona

Yuk avtomobillari – 1097 dona

Avtomobil dvigatellari – 105 597 dona

Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 161 975 dona