20/07/2023

Joriy yilning 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov uy xoʻjaliklari kuzatuvi jarayonida olinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va sifatini ta’minlash maqsadida, Guliston shahar, Sayqal MFY ga tashrif buyurib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan Navbahor ko‘chasi, 22-uyda istiqomat qiluvchi Sh.Jo‘liyeva xonadonida respondent bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi.