Joriy yilning 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining o‘rinbosari B.Maxkamov Sirdaryo tumaniga borib, hududiy statistika boʻlimi registratori G.Rasulov bilan birgalikda “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining oziq-ovqat guruhi boʻyicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.
Kuzatuv davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oʻrganishda registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.