19/07/2023

2023- yilning yanvar-may oylarida hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Sirdaryo tumaniga to‘g‘ri kelib 21,4 %, Guliston shahri 21,1 %, Yangiyer shahri 13,1 %, Boyovut tumani 9,0 % hamda Sayxunobod tumani 8,8 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat o‘sish sur’ati (115,9 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Yangiyer shahri (277,9 %), Guliston tumani (195,7 %), Oqoltin tumani (189,1 %), hamda Sardoba tumanida (132,8 %) qayd etildi.