17/07/2023

Joriy yilning 14-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida 2023-yil 7-iyulda qabul qilingan ““O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-853-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni haqida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova yig'ilish qatnashchilariga mazkur qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida batafsil tushunchalarni berib o‘tdi.