2023-yilning yanvar-may oylarida transport xizmatlarining yuqori o‘sishiga Boyovut (103,7 %), Sayxunobod (103,6 %), Mirzaobod (103,5 %) tumanlarga to‘g‘ri keldi.
Ushbu sohadagi xizmatlar hajmining biroz o‘sish sur’ati Sardoba (102,8 %), Guliston (102,9 %) tumanlarida qayd etildi.
Transport xizmatlarining ko‘rsatilgan eng yuqori ulush ko‘rsatkichlari Guliston (25,4 %) va Yangiyer (16,3 %) shaharlarida, Sirdaryo (18,5 %) tumaniga to‘g‘ri keldi.
Eng past ulush ko‘rsatkichi Shirin shahrida qayd etildi (1,6 %).