Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 1,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4,4 ming tonna olma eksport qilgan.
Olma eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 702 tonnaga kamaygan.
2023-yilning 5 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olma eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 2,5 ming tonna
Rossiya – 764 tonna
Turkmaniston – 649 tonna
Qirgʻiz R. – 444 tonna
Tojikiston – 125 tonna