27/06/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Oʻzbekistonliklar yanvar-may oylarida eng koʻp safar qilgan davlatlar:

Qirgʻiz R. – 650,7 ming nafar

Tojikiston – 422,0 ming nafar

Qozogʻiston – 255,7 ming nafar

Rossiya – 65,1 ming nafar

BAA – 59 ming nafar

Turkiya – 52,7 ming nafar

Saudiya Arabistoni – 24,4 ming nafar

Quvayt – 20,7 ming nafar

Misr - 9,1 ming nafar

Ozarbayjan - 8,3 ming nafar