Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i

Tarjimai hol

1981-yil Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi fermer xo‘jaligini tashkil etish va texnik servis ko‘rsatish, moliya, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.

2003-yilda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutini tamomlagan.

2010-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi magistratura bosqichini tamomlagan.

2003-2006-yillari Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani "Sultonqul o‘g‘illari" fermer xo‘jaligi ish yurutuvchisi lavozimida ishlagan.

2006-2006-yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Dasturiy texnik ta'minot bo‘limi operatori lavozimida ishlagan.

2006-2007-yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Xo‘jalik yurutuvchi subyektlar moliyasi statistikasi bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2007-2008-yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2008-2009-yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari v.b lavozimida ishlagan.

2009-2009-yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan.

2009-2010-yillari Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2010-2010-yillari Sirdaryo viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2010-2017-yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2017-2018-yillari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasining Hududiy statistika organlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, boshliq vazifasini bajaruvchisi, bo‘lim boshlig‘i lavozimida, Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i vazifa bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

2018-2022-yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2022-2022-yillari Mirzaobod tumani Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori lavozimida ishlagan.

2022-yilning oktabr oyidan Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifa bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan.