Joriy yilning 1-2-iyun kunlari xizmatlar sohasi kuzatuvlarini haqqoniyligini o‘rganish bo‘yicha Statistika agentligi xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Ikramov viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Maxkamov bilan birgalikda Yangiyer shahar hamda Mirzaobod tumanida xizmatlar sohasida kuzatuvlarni o‘tkazilish jarayonlarini oʻrgandi.
Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar ma’lumotlari registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritilishi, kuzatuvni sifatli oʻtkazilishi boʻyicha tavsiyalar berildi.