So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 557 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.Kuzatuv natijalariga ko‘ra qo‘y va echkilar savdosi 10 519,0 mln. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida turar-joy qurilishida qariyb 3,8 trln soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Joriy yilning 5- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Maxkamov, Xizmatlar sohasi bo‘lim boshlig‘i A. Qurbanov hamda Xovos tumani statistika bo‘limi boshlig‘i N.Xasanov bilan birgalikda Xovos tumanida tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar bilan joyiga chiqqan holda kuzatuv o‘tkazildi. 

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida respublikamizda jami 1,9 mln tonna sut sogʻib olingan.

2023- yil yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 7,1 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 86,8 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 7,7 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining olingan idoraviy maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda uylar (kvartira) soni 7 301 164 tani tashkil etgan. 

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida ijara xizmatlari hajmi 27,0 mlrd. so'mni, 2022- yilning shu davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 86,9 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2,2 ming tonna limon eksport qilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 54,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1668 dona elektromobil import qilgan.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 14,2 mlrd, so‘mni tashkil etib, ulushi 0,3 % va 2022-yilning mos davriga nisbatan 15,1 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 44,0 mlrd. so'm yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 10,7 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72,3 ming tonna...

2023-yilning yanvar-mart oylarida kiyim shlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,5 %, fizik hajm indeksi 76,1 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 69,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 96,6 %, mahsulotlarga sof soliqlar esa 3,4 % tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- oʻquv yilida respublika boʻyicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni 521,6 ming nafarni tashkil etgan.

Joriy yilning 5- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov intervyuyer Abduvaliyev Sherzod bilan birgalikda uy xoʻjaliklari kuzatuv...

2023- yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1023,9 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil qildi.