So'nggi yangiliklar
15/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 27,8 % ni tashkil etgan.
15/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 18,8 mln AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 % ga ko‘paydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 7,9 % ga yetdi.
15/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Ma’lumot uchun: ko‘rib chiqilayotgan davrda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Guliston shahrida (84,4 mlrd so‘m), Sirdaryo tumanida (52,9 mlrd so‘m) va Xovos tumanida (20,4 mlrd so‘m) qayd etildi.
15/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-avgust oylarida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 71,7 mlrd so‘mga (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,6 % ga) to‘g‘ri keldi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1- sentabr holatiga koʻra, 643 851 ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).
Meʼmorchilik sohasida koʻrsatilgan xizmatlarning 59,1 % i Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelmoqda
15/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, jami meʼmorchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 6 144,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
15/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 71,9 % ni tashkil etgan.
14/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 243 tani tashkil etdi.
14/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqori hajm Guliston shahri (48,9 mlrd so‘m), Oqoltin (120,3 mlrd so‘m) va Sirdaryo (151,8 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
14/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 105,3 trln soʻm qurilish ishlari bajarilgan.
Sirdaryo viloyatida 2024- yil yanvar-avgust oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 50,2 mln AQSH dollarini tashkil etib, importning umumiy hajmidagi ulushi 21,0 % ni tashkil qildi.
14/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 236,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 2,6 mln dona mobil telefon import qilingan.
14/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 5015,8 ming tonna sut sog‘ib olingan.
14/10/2024 • So'nggi yangiliklar
14/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Ma’lumot uchun: ko‘rib chiqilayotgan davrda kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Yangiyer shahri (hududdagi qurilish ishlarining 96,0 %), Sardoba tumani (87,5 %) va Guliston shahriga (84,3 %) to‘g‘ri keldi.
14/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-avgust oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektrenergiya ishlab chiqarish 122,3 % ni, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish esa 76,1 % ni tashkil etdi.
14/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 761,5 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 25,2 ming nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
119-sahifa 572 dan