2023-yilning yanvar-aprel oylarida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 109,8 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022- yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 124,0 % ni tashkil etgan.
Taqqoslash uchun: 2022- yilning yanvar-aprel oylarida ushbu xizmat turi hajmi 86,5 mlrd. so‘m yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,6 % ga teng bo‘lgan. O‘sish sur’ati esa 122,5 % ni tashkil etgan.