Viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mazkur dastur doirasida kiritilgan 43 ta loyiha bo‘yicha 262,4 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 7,7 mln. AQSH dollari miqdorida eksport qilindi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida 408 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda yangi tashkil etilgan ish o‘rinlari soni 29,4 % ga kamaygan. Shu bilan birga, 2022- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksporti hajmining o‘sganligi kuzatildi.