Tahliliy natijalarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Shirin sh. (99,6 %), Sardoba (98,8 %), Oqoltin (96,5 %), tumanlari yetakchilik qilmoqda.
Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 13,4 % ni tashkil etib, eng katta ulush Boyovut (43,7 %), Sayxunobod (35,9 %) Guliston sh. (14,2 %) hududlarida kuzatildi.