17/03/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulaylik va qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, 2022-yil yakunlari uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan
2023-yilning 27-fevral kuniga qadar taqdim etiladigan 1-kb shakli (uning ilovalarini qoʻshgan holda) va 1-fx shakli yillik statistika hisobotlari 3-mart sanasiga qadar uzaytirilgan edi.

Joriy yilning 4-mart kunidan boshlab, hisobot taqdim etmagan subyektlarga statistika organlari tomonidan yillik statistika hisobotlarini bir oylik muddatlarda taqdim etilishi yuzasidan koʻrsatma xatlari chiqarildi.

Shu munosabat bilan, hisobot taqdim etmagan tadbirkorlik subyektlarini koʻrsatma xatda berilgan muddatlarda “Estat 4.0” axborotlashgan tizimi orqali yuqorida koʻrsatilgan hisobotlarni taqdim etishingiz soʻraladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech