16/03/2023

2023- yil yanvar oyida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 1 091,7 ming AQSh dollarini tashkil etib, importning umumiy hajmidagi ulushi 2,7 % ga yetdi.

Sanoat tovarlari importi asosan probka va daraxtdan tayyorlangan buyumlar (666,4 ming AQSh dollari), metalldan tayyorlangan buyumlar (141,1  ming AQSh dollari), va ruda boʻlmagan qazilmalardan tayyorlangan mahsulotlar, boshqa joyda tasniflanmagan (161,5 ming AQSh dollari) va boshqalardan tashkil topgan.