23/09/2022

2022-yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 7283,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 110,4 % ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (55,8 %)ni hamda ishlab chiqarish hajmi 4066,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.