2022-yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 2816,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 113,7 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (50,4 %)ni hamda ishlab chiqarish hajmi 1420,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarishi fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning – 3,6 % ga o‘sishi kuzatildi.