Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2989,8 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 227,4 % ni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, joriy davrda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning katta qismi jalb etilgan mablag‘lar hisobiga 2666,5 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 89,2 % ni tashkil etdi.
Korхona va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 323,3 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 10,8 % ini tashkil etdi.
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 162,1 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 5,4 % ini tashkil qildi.
Markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2827,7 mlrd. so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 94,6 % ini tashkil qildi.