2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda amalga oshirilgan qurilish ishlarining 63,3 % ni binolarni qurish bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri keldi, ularning hajmi 632,1 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan.
Hisobot davrida viloyatda qurilish ishlarida eng yirik hajm - 796,2 mlrd. so‘m kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida 2020- yilning mos davriga nisbatan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Xovos tumani (128,7 %), Guliston shahri (114,0 %) va Shirin shahrida (107,9 %).
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati