18/09/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida Sirdaryo viloyatida transport xizmatlari hajmi 50,0 mlrd. soʻmga oshib, hisobot davrida 402,0 mlrd. soʻmni tashkil etgan. 2022- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan transport xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 102,7 % ni tashkil etdi. Guliston shahrida ushbu ko‘rsatkich 102,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda mazkur xizmatlarning o‘sish sur’ati 102,3 % ni tashkil etdi. Shuningdek, avtotomobil transporti xizmatlarining umumiy hajmida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari 60,8 % ni tashkil etdi.