Hay’at tarkibi
|
---|
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hay’at a’zolari tarkibini tasdiqlash to’g’risida”gi 578-son qarori bilan hay’at a’zolarining soni 13 kishidan iborat bo’lishi belgilab qo’yilgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi hay’ati quyidagi tarkibda tasdiqlangan.
Hay’at raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich |
Raisning birinchi o’rinbosari Xolmurodov Dilshod Ibragimovich |
Raisning iqtisodiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich |
Raisning ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullaev Maxmudjon Djurakulovich |
Raisning axborot-kommunikastiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo’yicha o’rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich |
Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig’i Zakirov Dilshod Tairovich |
Yig’ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig’i Juraev Xurshid Mamatkulovich |
Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig’i Mamirov Aziz Otaxonovich |
Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig’i Mamadaliev Odiljon Toirovich |
Narhlar statistikasi boshqarmasi boshlig’i vazifasini bajaruvchisi Umarov Muxtor Turaevich |
Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish boshqarmasi boshlig’i Berdikulov Kobil Gulamovich |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig’i Odilov Shohruh G’ayratjonovich |
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori G’ayibnazarov Bahodir Karimovich |
Umumiy ma'lumot
|
---|
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizomga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasida (keyingi o’rinlarda – Davlat statistika qo’mitasi) Davlat statistika qo’mitasi raisi (hay’at raisi), uning o’rinbosarlari (lavozimiga ko’ra), shuningdek Davlat statistika qo’mitasi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini muvofiqlashtiruvchi markaziy apparat tarkibiy bo’linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etilgan.
Hay’at quyidagilarni amalga oshiradi
|
---|
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 690-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq, Hay’at quyidagilarni amalga oshiradi
- statistika faoliyati samaradorligini yanada oshirish, respublika va hududiy darajada davlat statistika organlarining funkstiyalari va vazifalarini takomillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda davlat statistika tizimi faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan asosiy yo’nalishlarini tanqidiy ko’rib chiqish;
- davlat statistikasi sohasidagi siyosatni amalga oshirishda Davlat statistika qo’mitasi faoliyatida boshqa davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish va muvofiqlashtirish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish;
- davlat statistika ishlari bajarilishining borishi natijadorligini har chorakda tanqidiy ko’rib chiqish;
- xorijiy mamlakatlar statistika organlari bilan statistik axborotlarni almashishni tashkil etish, shuningdek statistik axborotlarni xalqaro statistik, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga taqdim etish bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan tushgan murojaatlarni o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqish asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni ta’minlovchi ijro intizomi darajasini oshirish, davlat statistikasi sohasidagi eng muhim muammolarni hal etish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- joylarda davlat statistikasi organlari faoliyatining dolzarb masalalarini muhokama qilgan, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo’yicha tegishli qarorlar ishlab chiqqan va qabul qilgan holda, kengaytirilgan sayyor hay’at yig’ilishlari o’tkazilishini tashkil etish;
- hududiy statistika organlari hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tizimli asosda tashkil qilish, ularga yuklangan vazifalar o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirishni ta’minlash.
Hay’at ish rejasi
|
---|