Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosаri
- boshqarma boshlig‘i yo‘qligida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi;
- boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari yo‘qligida uning funksional vazifalarini vaqtincha bajaradi;
- boshqarmaning barcha tarmoq bo‘limlari hamda shahar, tuman statistika bo‘limlari tomonidan statistika ishlari Dasturi bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- viloyatning ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va belgilangan Davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;
- Statistika ishlari Dasturi asosida belgilangan statistik hisobotlarni o‘z vaqtida topshirilishini nazorat qiladi;
- Davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda internet orqali yuborilishini ta’minlashni nazorat qiladi;
- boshqarmaning va shahar- tuman statistika bo‘limlari tomonidan Davlat statistika hisobotlarini muddatidan kechiktirib yoki xatoliklar bilan topshirgan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan O‘z.Resp.MKning 215- moddasining tegishli qisimlari bilan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni majburiy ijro etishlik uchun belgilangan tartibda xo‘jalik sudi va majburiy ijro byurosi ijrochilariga taqdim etishlarini doimiy nazoratini yuritadi.
Shuningdek,
- boshqarmaning Statistika ishlarini tashkil etish va ma’lumotlarni tarqatish bo‘limi, Demografiya, mehnat va gender statistikasi bo‘limi, Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi, Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo‘limi hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi;
- o‘ziga yuklangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa zarur choralarni ko‘radi.



