Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i

Funksional vazifalari

 

- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tuman (shahar) statistika bo‘limi boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

- boshqarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning funksiyalarini amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;

- boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;

- boshliq o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlarining javobgarlik darajasini belgilaydi;

- boshqarmaning smeta harajatlarini belgilaydi va tasdiqlaydi;

- boshqarma xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilangan lavozim okladlari sxemasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustama va qo‘shimcha ish haqi to‘lash tartibini, moddiy rag‘batlantirish va taqdirlashning boshqa shakillarini belgilaydi;

- zarurat hollarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda boshqarma tuzilmasiga shtatdagi xodimlarining tasdiqlangan soniga statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritiladi;

- dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy texnik resurslarini taqsimlaydi;

- maxsus jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etadi;

- boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimlarga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

- o‘z vakolatlari doirasida tuman va shahar statistika bo‘limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

- o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa barcha zarur choralarni ko‘radi;

- boshqarma tomonidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, amaldagi qonun hujjatlari va boshqarma Nizomiga muvofiq boshqarma manfaatlarini himoya qiladi va uning mol- mulkini tasarruf etadi.

- boshqarmaning: Umumiy rahbarlik, Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi, Narx statistikasi bo‘limi, Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi, Inson resurslarini boshqarish, Maxsus qism, Murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati, Axborot xizmati, Bosh yuriskonsult hamda tuman va shahar statistikasi bo‘limlarini faoliyatini doimiy nazorat qiladi.