08/07/2021

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 8- iyul kuni Guliston shahar “Obod yurt” MFY hamda Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasida, Yangiyer shahar “T. Malik” MFY hamda nogironlar jamiyatida seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati