Idoraviy komissiya tarkibi

Yaxyayev S.B. Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, komissiya raisi
Mahkamov B.I. Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari, komissiya raisining o'rinbosari
Gaynazarova K.K. Bosh yuriskonsult, komissiya kotibi
Komissiya a’zolari:
Minbayeva M.E. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo'limi boshlig'i
Keldibekov F.X. Kadrlar bo'limi boshlig'i
Elmuratov U.S. Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot-tahliliy ishlari bo'limi boshlig'i
Gadayev A.A. Dasturiy-texnik ta`minot va ma`lumotlarni saqlash markazi boshlig'i
Xasanova N.B. Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi
O'rozaliyev Sh.A. Ishbilarmonlik muhti kuzatuvlari tadbirkorlikni rivojlantirish bo'limi boshlig'i
Isaev H.I. Buxgalteriya bo'limi boshlig'i
Yuldashev N.E. Demografiya va mehnat statistikasi bo'limi boshlig'i

Idoraviy komissiyaning asosiy vazifalari
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, o`z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan ma`sulyatini kuchaytirishga, tizimda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir tadbirlarni muntazam amalga oshirilishini tashkil etish;
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining faoliyatida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo`l qo`ymaslik bo`yicha zarur choralar ko`rish;
  • Kompleks chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ma`sullarining hisobotini eshitib borish;
  • viloyat statistika organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarining kasbiy va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari bo`yicha ko`rsatmalar berib borish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • viloyat statistika organlari faoliyatida korruptsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ko`rilayotlan chora-tadbirlar bo`yicha muntazam ravishda monitoring o`tkazish va nazoratni amalga oshirish;
  • amaldagi qonunchilk hujjatlariga muvofiq korruptsiyaga qarshi kurashish bo`yicha belgilangan boshqa vazifalarni tizim doyrasida ijrosini tashkillashtirish.
Me`yoriy-huquqiy baza
Idoraviy komissiya faoliyati to`g`risida

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida 2021- yil 7- sentabr kuni boshqarma hamda tuman (shahar) statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 6- iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son qarorining mazmuni va mohiyati haqida VEB-SEMINAR o‘tkazildi.

VEB-SEMINAR davomida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunda berilgan asosiy tushunchalar, rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari, davlat statistika organlarining huquq va majburiyatlari, statistik ma’lumotlaridan foydalanish tartibi, maxfiylikni ta’minlash va boshqalar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, VEB-SEMINARDA korrupsiyaga qarshi kurashishga oid prezident farmoni va qarorining mazmuni va ahamiyati bo‘yicha ma’ruza qilindi. Prezident farmonida mamlakat rivojlanishning bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi va korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarning eng ustuvor vazifasi etib qayd etildi.

Tadbir davomida mazkur hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xodimlarga tushuntirish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari to‘plami (annotasiya, slayd, infografika)dan keng foydalanildi. VEB-SEMINAR savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.


Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech