02/05/2024

2024- yilning 1- aprel holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni 2 023 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,8 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 2 001 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Sardoba tumani – 335 ta

Mirzaobod tumani – 318 ta

Oqoltin tumani – 301 ta

Sayxunobod tumani – 257 ta

Boyovut tumani – 186 ta

Guliston tumani – 181 ta

Sirdaryo tumani – 168 ta

Xovos tumani – 143 ta

Guliston shahri – 85 ta

Yangiyer shahri – 32 ta

Shirin shahri – 17 ta