03/04/2024

Joriy yilning 3- aprel kuni Viloyat statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi.

 Seminarda boshqarma boshligʻining oʻrinbosari S.Yaxyayev soʻzga chiqib, qaror toʻgʻrisida tizim xodimlariga tushuntirishlar berdi.

  Statistika agentligi rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishi, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan koʻp yillik statistika dasturi hamda Vazilar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshirilishi, rasmiy statistikani shakllantirish bilan bogʻliq oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari hamda funksiyalari to‘g‘risida, statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, statistika ma’lumotlarini tayyorlash va ularni e’lon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilanganligini takidlab o‘tdi.

  Shuningdek, 2024- yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

  Seminar davomida Statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma axborot-tahliliy ishlar boʻlimi boshligʻi A.Mamatqobilov soʻzga chiqib, tizim xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob berdi.