24/09/2021

 Viloyat  statistika boshqarmasining  tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish yuzasidan  2021 yil uchun “YO‘L XARITASI” ning "Vatan ichra sayohat" bandiga asosan  joriy yilning 24 sentyabr kuni tizim hodimlari Xovos tumanida joylashgan “Yusufbobo” ziyorotgohini ziyorat qilishdi.

“Yusufbobo” ziyoratgohida qadimda Xovosda temirchilik bilan shug‘ullangan va tabiblik qilgan, keyinchalik temirchilar piri deb ulug‘langan Yusufbobo maqbarasi mavjud.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu kabi ziyoratlar xodimlarning ma’naviy-madaniy bilimlarini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi hamda axborot xizmati