Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Mikrofirma va kichik korxonalar diqqatiga!!! Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar 26- martdan kechiktirmay (yillik) mikrofirma va kichik korxonalar 1-kb hisobotini o'z vaqtida yuborishlari zarur!

Guliston shahridagi “Yangi Zomin” tantanalar majmuasida 8 mart-Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan nuroniy onaxonlar, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar jam bo‘lishdi.

Tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzaev viloyatimiz xotin-qizlarini bayram bilan qutladi.

Bugungi kunda viloyatimizda xotin-qizlar o‘zining bilim va tajribasi, professional malakasi va mahorati bilan ko‘pgina jabhalarda yetakchi mavqelarni egallab kelmoqda. Hayotimizda tobora katta o‘rin olayotgan fermerlik harakati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar, ilmu fan, tibbiyot, ta’lim-tarbiya, madaniyat va san’at kabi o‘nlab muhim soha va tarmoqlar rivojini ayollarning ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 

 

Viloyatda birgina o‘tgan yil davomida kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj 85 nafar nogiron hamda yolg‘iz onalar va boquvchisini yo‘qotgan ayollarga arzon uy-joylar ajratildi. 

Tijorat banklari tomonidan 3 523 nafardan ziyod tadbirkor ayollarga 94 milliard so‘m kredit mablag‘lari berildi. Shuningdek, og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, 1 862 nafar ayol bandligi ta’minlanib, 4 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida 405 nafar nogiron ayol kasanachilik faoliyatiga jalb etildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 4 mart kuni qabul qilingan “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi. Ular orasida 5 nafar sirdaryolik fidoyi xotin-qizlar ham bor. Prezident qaroriga ko‘ra esa yana ikki nafar sirdaryolik faol qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 

2018 yilning 2 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Hujjatga ko‘ra, “Mo‘‘tabar ayol” ko‘krak nishoni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur mukofotga bu yil viloyatdan 13 nafar xotin-qizlar munosib ko‘rildi. 

Tadbirda doirasida har bir tuman va shahar hokimliklari tomonidan tayyorlab kelingan milliy taomlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. 

Yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish, ijodda va sportda yuksak natijalarni ko‘rsatgan ayollarga faxriy yorliq, bank sertifikatlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

To‘kin dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida respublika poytaxtidan tashrif buyurgan taniqli san’atkorlar va viloyat ijrochi yoshlari tomonidan namoyish etilgan kontsert dasturi yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

@SirdaryoUZB

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash