Joriy yilning 10- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorini tizim xodimlari o‘rtasida o‘rganish hamda avvalgi o’tkazilgan seminarlar natijalari bo’yicha reja-jadvalga asosan korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish bo‘yicha onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Vebinar qo‘mitaning Statistik registrlarni yuritish boshqarmasi tomonidan tashkil etilib, statistik registrlarni yuritish bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida tushuncha berildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi Statistik registrlarni yuritish boshqarmasi boshlig‘i, xodimlari hamda hududiy boshqarmalar vakillari qatorida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tarmoq xodimlari ham ishtirok etishdi.

 Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati