O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig VMQ-710-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘kazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 15- sentabr kuni Sardoba tumani 20- sonli maktabda, Mirzaobod tumani “Mirzacho‘l” MFY hamda kasb-hunar kollejida, Sayxunobod tumani “Shodlik” MFY, Guliston tumani “Hamid Olimjon” MFY da seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy mavzusi Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va viloyatimizda sifatli o‘tkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘ldi.

 

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati