Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

1-K (oylik), 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik), 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik), 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik), 2 dekabrdan kechiktirmay: 2-narx (oylik), 5 dekabrdan kechiktirmay taqdim etishni unutmang.

O`zbekiston sportchilari so`nggi 6 ta olimpiada o`yinlarida ishtirok etib, jami 33 ta sovringa ega bo`lishgan (9 ta oltin, 7 ta kumush, 17 ta bronza). Jumladan:
1. 1996 yil (Atlanta, AQSh) – 1 ta kumush va 1 ta bronza. Umumjamoa hisobida – 58-o`rin.
2. 2000 yil (Sidney, Avstraliya) – 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza. Umumjamoa hisobida – 42-o`rin.
3. 2004 yil (Afina, Gretsiya) – 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza. Umumjamoa hisobida – 43-o`rin.
4. 2008 yil (Pekin, Xitoy) – 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza. Umumjamoa hisobida – 40-o`rin.
5. 2012 yil (London, Buyuk Britaniya) – 1 ta oltin va 2 ta bronza. Umumjamoa hisobida – 47-o`rin.
6. 2016 yil (Rio-de-Janeyro, Braziliya) – 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza. Umumjamoa hisobida – 21-o`rin.
* * *
2016 yil 1 yanvar holatiga, O‘zbekiston Respublikasi aholisining 30,0 foizini mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 61,0 foizini mehnatga layoqatli yoshlilar va 9,0 foizini mehnatga layoqatli yoshdan kattalar tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar 2005 yilda, mos ravishda 35,8, 57,1 va 7,1 foizni tashkil etgan.
* * *
2016 yil 1 yanvar holatiga, O‘zbekiston Respublikasi aholisining o‘rtacha yoshi 28,3 yoshni, shu jumladan ayollarda 28,9 yoshni, erkaklarda 27,6 yoshni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar 2005 yilda, mos ravishda 25,8, 26,4 va 25,1 yoshni tashkil etgan.
* * *
2015 yil boshiga Yevropa ittifoqiga a‘zo 28 ta mamlakat (EI-28) doimiy aholisining umumiy soni 508,5 mln. kishini tashkil qildi.
* * *
Yevropa ittifoqida (EI-28) 0–14 yoshgacha bo‘lgan aholining ulushi 16 foizni, 15–64 yoshgacha – 67 foizni, 65 yoshdan yuqorilar – 17 foizni tashkil qiladi.
* * *
Yevropa ittifoqi 28 ta mamlakatida (EI-28) aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi: ayollar o‘rtasida – 83,1 yilni, erkaklar o‘rtasida – 77,5 yilni tashkil etadi.
* * *
Yaponiya aholisining soni 127 mln. kishini tashkil qiladi, shulardan 65 yoshdan yuqorilari – 23 foiz.
* * *
Yaponiyada tug‘ilishda kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi: ayollar o‘rtasida – 88,0 yilni, erkaklar o‘rtasida – 81,1 yilni tashkil qiladi.
* * *
Butun dunyo bo‘yicha tug‘ilishda kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi: ayollar o‘rtasida – 69,0 yilni, erkaklar o‘rtasida – 65,0 yilni tashkil etadi.
* * *
2013 yilda davlat qarzining YaIMga nisbati: Belgiyada – 99,8 foizni, Germaniyada - 78,1 foizni, Italiyada – 132,5 foizni, Buyuk Britaniyada – 90,1 foizni, AQShda – 104,5 foizni, Fransiyada – 93,9 foizni, Shvetsiyada – 41,4 foizni va Yaponiyada – 243,2 foizni tashkil qildi.
* * *
2013 yilda yalpi tashqi qarzining YaIMga nisbati: Armanistonda – 83,3 foizni, Qozog’istonda – 66,3 foizni, Qirg’izistonda – 94,2 foizni, Rossiyada – 34,7 foizni, Ukrainada – 78,3 foizni, Belgiyada – 245,9 foizni, Germaniyada - 149,8 foizni, Italiyada – 126,7 foizni, Buyuk Britaniyada – 371,1 foizni, AQShda – 98,3 foizni, Fransiyada – 201,5 foizni, Shvetsiyada – 199,6 foizni va Yaponiyada – 57,2 foizni tashkil qildi.
* * *
2013 yilda xalqaro valyuta zahiralarining YaIMga nisbati: Rossiyada – 22,4 foizni, Braziliyada – 15,9 foizni, Germaniyada – 1,9 foizni, Hindistonda – 14,8 foizni, Xitoyda – 41,8 foizni, AQShda – 0,8 foizni, Fransiyada – 1,9 foizni va Yaponiyada – 25,2 foizni tashkil qildi
* * *
Mamlakatlarning hududiy birlashmalari bo’yicha 2014 yilda YaIMning o’sish sur’ati Mustaqil davlatlar hamdo'stligi bo’yicha – 100,9 foizni, Evropa ittifoqi (28) bo’yicha – 101,4 foizni, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti bo’yicha – 101,8 foizni, BRIKS bo’yicha – 105,3 foizni tashkil qildi
* * *
Xitoy yozuvida iyerogliflarning 40 000 dan ortiq xili mavjud.
* * *
Afrikada 1000 xildan ortiq til mavjud.
* * *
BMTning 6 ta rasmiy tili mavjud: ingliz, frantsuz, arab, xitoy, rus va ispan tillaridir.
* * *
Papua Yangi Gvineya aholisi, qariyb 700 xil tilda muloqot qilar ekan. Bu – jahon tillarining 15 foiziga teng.
* * *
O‘zbekistonda 2015 yilda chet el kapitali ishtirokida 494 ta korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. 2016 yil 1 yanvar holatiga ularning umumiy soni - 5038 tani tashkil etdi.
* * *
2012 yildа jаhondа ishlаb chiqаrilgаn elektroenergiyaning 22 foizi Xitoygа, 19 foizi - АQSHgа, 5 foizdаn - Yaponiya vа Xindistongа to‘g’ri kelаr edi.
* * *
2012 yildа jаhondа qаzib olinаyotgаn neftning 43 foizi OPEK mаmlаkаtlаrigа, 16% foizi MDH mаmlаkаtlаrigа, 10 foizi - АQSHgа, 5 foizi - Xitoygа to‘g’ri kelаr edi.
* * *
2012 yildа jаhondа qаzib olinаyotgаn gаzning 25 foizi MDH mаmlаkаtlаrigа, 20 foizi - АQSHgа vа 5 foizdаn - Eron, Kаnаdа hаmdа Qаtаrgа to‘g’ri kelаr edi.
* * *
2012 yilning nаtijаsigа ko‘rа, quruqlik hududining 2 foizi, dunyo аholisining 17 foizi vа umumjаhon YaIMning 5,6 foizi Xindistongа to‘g’ri kelаdi.
* * *
2012 yilning nаtijаsigа ko‘rа, dunyo аholisining 2 foizi vа umumjаhon YaAIMning 5,6 foizi Yaponiyagа to‘g’ri kelаdi.
* * *
2012 yilning nаtijаsigа ko‘rа, quruqlik hududining 7 foizi, dunyo аholisining 19 foizi vа umumjаhon YaIMning 14,9 foizi Xitoygа to‘g’ri kelаdi.
* * *
2012 yilning nаtijаsigа ko‘rа, quruqlik hududining 7 foizi, dunyo аholisining 5 foizi vа umumjаhon YaIMning 18,9 foizi АQSHgа to‘g’ri kelаdi.
* * *
2016 yil 1 yanvar holatiga, har 10 ming nafar aholiga 26.4 nafar vrach va 106.5 nafar o‘rta tibbiy ma‘lumotli tibbiyot xodimi to‘g‘ri keladi.
* * *
2016 yil 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha har ming nafar aholiga 101.5 nafar pensioner (Toshkent shahrida – 137.6ta) to‘g‘ri keladi.
* * *
2016 yil 1 yanvar holatiga aholi zichligi (1 kv.kmga aholi soni) Toshkent shahrida – 7165,2 kishini, Andijon viloyatida – 676,9 kishini, Farg‘ona viloyatida – 518,5 kishini, Namangan viloyatida – 349,9 kishini, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 10,8 kishini, Navoiy viloyatida – 8,4 kishini tashkil etdi.
* * *
2016 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston jami aholisining (31575,3 ming kishi) 15605,3 ming nafarini yoki 49,4 foizini mustaqillik yillarida tavallud topgan yoshlar tashkil etadi.
* * *
O‘z dаvrining mаshhur shаxslаri bo‘lgаn: Iskаndаr Zulqаrnаyn, Yuliy Tsezаr, Buyuk Kаrl, Jаnnа D’Аrk, Nаpoleon Bonаpаrt, Leonаrdo dа Vinchi, Mikelаnjelo Buonаrroti, Ivаn Pаvlov, Usmon Nosir chаpаqаy bo‘lishgаn.
* * *
Mа’lumki, yerdа bir kechа-kunduz 24 soаtgа teng. Olimlаrning hisob-kitoblаrigа ko‘rа, Merkuriydа bir “sutkа” 59 kungа, Mаrsdа 24,6 soаtgа, Yupiterdа – 9,9, Sаturndа – 10,3, Urаndа – 10,7, Neptundа – 15,8 soаtgа teng.
* * *
O‘rtacha, inson boshidan bir kunda 40-60 tagacha, umr bo‘yi esa 1,5 milliondan ortiq soch tolasi to‘kilar ekan.
* * *
Odam uxlamasdan 10 kechayu kunduz, ovqatlanmasdan esa 1 hafta yashashi mumkin ekan.
* * *
Mutaxassislarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasiga ko‘ra, erkak kishi umri bo‘yi o‘rtacha 22 tonna ovqat va 33000 litr suyuqlik, ayol esa 25 tonna ovqat va 32000 litr suyuqlik iste‘mol qilar ekan.
* * *
Taniqli etnograflarning o'tkazgan statistik kuzatuvlari natijasiga ko'ra, dunyoda eng kam gapiradigan xalq – bu finlar. Eng ko'p va baland ovozda gapiradiganlar esa – italyanlar.
* * *
O'tkazilgan statistik kuzatishlar natijasida aniqlandiki, dunyoda so'nggi 5559 yil ichida 14 ming 513 marta katta va kichik urushlar bo'lgan.
* * *
2015/2016 o‘quv yilining boshiga O‘zbekistonda 69 ta oliy ta‘lim muassasasi mavjud bo‘lib, ularda 264,3 ming student tahsil olmoqda.
* * *
2015/2016 o‘quv yilining boshiga O‘zbekistonda 144 ta akademik litsey mavjud bo‘lib, ularda 103,7 ming o‘quvchi tahsil olmoqda.
* * *
2015/2016 o‘quv yilining boshiga O‘zbekistonda 1423 ta kasb-xunar kollejlar mavjud bo‘lib, ularda 1394,9 ming o‘quvchi tahsil olmoqda.
* * *
2015/2016 o‘quv yilining boshiga O‘zbekistonda 9720 ta umumta‘lim muassasasi mavjud bo‘lib, ularda 4670,7 ming o‘quvchi tahsil olmoqda.
* * *
Inson tanasi og‘irligining o‘rtacha 7 foizini qon tashkil etar ekan. Demak, 70 kg og‘irlikka ega bo‘lgan kishining organizmida 5 litrga yaqin qon bo‘ladi.
* * *
Agar inson bir million qadam yursa, 600 km. yo‘lni bosib o‘tar ekan.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi hududining 1/5 qismini tog‘lar va tog‘ oldi hududlari tashkil etadi. Sharqiy hududi o‘rta va baland tog‘li relьefdan iborat: respublika hududi g‘arbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskom, Chotqol va Qurama tog‘ tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Ko‘hitangtog‘ va Boysuntog‘ tog‘ tizmasi) tog‘ tizmalarining chekkalari yoki yon bag‘rlarini o‘z ichiga oladi. Janub va G‘arbga tomon ular pastlab boradi va pasttekislikka qo‘shilib ketadi. Ushbu tog‘lar orasida ancha ulkan bo‘lgan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi.
* * *
O‘zbekistonning eng yirik daryolari - Sirdaryo va Amudaryo bo‘lib, ularning uzunligi mos ravishda 2137 km. va 1437 km.ni tashkil etadi.
* * *
2016 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 119 ta shahar, 1085 ta shaharcha va 11013 ta qishloq aholi punktlari mavjud.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi hududining markaziy qismi shimolida dunyoning eng yirik cho‘llaridan biri – Qizilqum, g‘arbida - Qoraqum sahrosi joylashgan.
* * *

O‘zbekiston Respublikasi hududining katta qismini (5 dan 4 qismi atrofida) pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng asosiysi Turon pasttekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy-sharqida Tyan-Shan va Pomir tog‘ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi-4643m.) tizmalari joylashgan.

* * *
O‘zbekiston Respublikasi hududlari ichida Samarqand viloyatida eng ko‘p aholi istiqomat qiladi – 3583,9 ming kishi (01.01.2016y.).
* * *
Jahonda aholisi soni 100 mln.dan ortiq bo‘lgan 11 ta mamlakat mavjud bo‘lib, ularda 4,3 mlrd.ga yaqin kishi istiqomat qiladi.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasining uzunligi Qozog‘iston bilan –2203 km, Qirg‘iziston bilan – 1099 km, Tojikiston bilan – 1161 km, Turkmaniston bilan – 1621 km va Afg‘oniston bilan – 137 km.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi shimolda va shimoliy-sharqda Qozog‘iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston, g‘arbda Turkmaniston, janubda esa Afg‘oniston bilan chegaradosh.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi hududining chegarasi: g‘arbdan sharqqa – 1425 km, shimoldan janubga qadar – 930 km.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi yer maydoni (448,97 ming km2) bo‘yicha dunyo mamlakatlari ichida 55-o‘rinda turadi.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi aholi soni (01.01.2016y. holatiga 31575,3 ming kishi) bo‘yicha Osiyo mamlakatlari ichida 17-o‘rinda, dunyo mamlakatlari ichida 42-o‘rinda turadi
Tugmani bosing Tinglash