Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

Davlat soliq qo'mitasi tomonidan o'tkazilayotgan yutuqli chek o'yinlari shu yil 29-oktyabrdan boshlab respublikamizning barcha hududlarini qamrab oldi.

Bu Prezidentimizning “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida”gi Farmoniga binoan amalga oshirilmoqda.  

Endi iste'molchilar yutuqli chek o'yinlarining navbatdagi – V tirajida ishtirok etish uchun respublikaning istalgan hududida onlayn NKM yoki virtual kassa chekini olib ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. 

Asosiy shart – har bir iste'molchi bitta savdo shoxobchasidan bir kunda faqat ikkita, xarid miqdori 1000 (ming) so'mdan kam bo'lmagan chekni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, yutuqli chek o'yinlarida ishtirok etish uchun xarid qilingan mahsulot (xizmat) uchun onlayn NKM yoki virtual kassaning QR kodli chekini olish lozim.

Bunday qurilmalar barcha dorixonalar, avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari, alkogoli va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug'ullanuvchi do'konlar, shuningdek, yirik savdo tarmoqlarida o'rnatilgan.

Hozirda respublikada qariyb 64 ming savdo shoxobchasida bunday qurilmalar mavjud.

Keyingi qadam – chekning QR kodini SOLIQ mobil ilovasida skanerlash yoki 12 xonali fiskal belgisini 1077 raqamiga SMS tarzda yuborish lozim.

Ro'yxatdan o'tkazish muvaffaqiyatli yakunlangandan so'ng, siz yutuqli o'yin ishtirokchisiga aylanasiz.

Toshkent shahrida o'tkazilgan yutuqli chek o'yinlarining har bir tirajida ishtirokchilar soni tobora ortib bordi. Hozirgacha o'tkazilgan 4 ta tirajda onlayn NKM va virtual kassalardan berilgan qariyb 110 ming dona chek ishtirok etdi. Ushbu cheklarning umumiy xarid miqdori 52 mlrd. so'mdan ziyodni tashkil etadi.

Ayni vaqtga qadar V tirajda ishtirok etish uchun 70 mingdan ortiq chek ro'yxatdan o'tkazildi. Ushbu tiraj 18-noyabri kuni ko'hna Samarqandda o'tkaziladi.

Cheklarni talab qiling, ro'yxatdan o'tkazing va qimmatbaho sovg'alar yoki super yutuq – Chevrolet Nexia 3 sohibi bo'ling.

 

Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi 

Matbuot xizmati.

 
Tugmani bosing Tinglash