Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan 30 noyabrigacha “Taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash” bo`yicha o`tkazilayotgan so`rovnomada, savolnomani to`ldirish asosida ishtirok etishga taklif qilamiz.(So`rovnomaga o`tish>>>)

Shirin shahar hokimining o'rinbosari - investitsiya va tashqi savdo bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xo'jamqulov Sherzod Ablazizovich boshqa lavozimga o'tganligi sababli shahar hokimi o'rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.

Mahmudov Ismadiyor Abduvaliyevich - Shirin shahar hokimining o'rinbosari - investitsiya va tashqi savdo bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Mahmudov Ismadiyor Abduvaliyevich 2007- yil Guliston davlat universitetining bakalavr, 2010- yil Toshkent moliya institutining magistratura bosqichlarini tamomlagan. O'z ish faoliyati davomida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining turli lavozimlarida ishlab kelgan.

Mahmudov Ismadiyor Abduvaliyevich mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash