Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

Bugun, 9 sentyabr kuni Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o'tkazildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko'rildi. Xojimatov Abdug'affor Tillaboyevich boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan Shirin shahar hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Ma'lumot o'rnida, Sarvarbek Sultonov 1989- yilning 19- iyulda Oqoltin tumanida tug'ilgan. 2011- yilda Guliston davlat universiteti, 2013 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistaturasini tamomlagan. “Do'stlik” ordeni sohibi.

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda O'zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Etakchi” yoshlar o'quv markazi Sirdaryo viloyati koordinatori, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo'limi mudiri, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani xalq ta'limi muassasalar faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limi uslubchisi, O'zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oqoltin tumani Kengashi raisi, O'zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi raisining o'rinbosari, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

 

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash