Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

 Ayni kunlarda mamlakatimiz bo’ylab g’alla o’rim-yig’imi ishlari qizg’in davom etmoqda. Sirdaryo viloyatining fermerlari va mirishkor dehqonlari ham mo’l hosil etishtirishni old maqsadi qilib olgan.O’tgan yilga nazar tashlasak Sirdaryo viloyati respublikamizda eng birinchilardan bo’lib g’alla rejasini ortig’i bilan bajargan edi. Bu yil ham mazkur jarayonlarda viloyatimizning aholisi bir tanu bir jon bo’lib mirishkor dehqonlarimizning mehnatini yuzaga chiqarish uchun dalalarga ko’makka otlangan.

 O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat kengashi raisi Norbobo Soatov ham ushbu jarayonda faol qatnashib, viloyatning Sayxunobod tumani “Sayxun bahori” hududiga vakil qilib biriktirilgan. Bugun hududning “Donablanka” fermer xo’jaligida ish olib borayotgan bir qator xodimlar holidan xabar oldi va ish jarayoni bilan tanishdi. Hosilni tez-nobud qilmasdan yig’ishtirib olish uchun kuni-tun xizmat qilayotgan kombayn operatorlari, yuk tashuvchi avtomobillar haydovchilari, hamda biriktirilgan tegishli tashkilot xodimlariga esdalik sovg’alarni taqdim etdi.

 

Tugmani bosing Tinglash