Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

  Bugungi kunda koronavirusning oldini olish borasida Respublikamiz, xususan, viloyatimizda ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Bugun Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev Sirdaryo tumanidagi chegara postlarida bo‘lib “Koronavirus” infeksiyasini viloyatimiz hududiga kirib kelishini oldini olish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

 Germaniya davlatidan olib kelingan “Testo 890” rusumli inson tana haroratini o‘lchash uchun teplovizor olib kelib o‘rnatilgan bo‘lib virus tarqalmasligining oldini olish borasida hozirda sanitariya ishlari bajarilmoqda. Sirdaryo tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan har bir chegaradan o‘tayotgan fuqarolarning tana harorati ushbu uskunada tekshirilib o‘tkazilmoqda.

 

Sirdaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash