Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Davlat statistika qo‘mitasi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar va ularning alohida bo’linmalari diqqatiga!!! Xodimlarning lavozimlari va kasblari bo'yicha ish haqi to'g'risida 2020 yil aprel oyi hisoboti 1-IH shakli (yilda bir marta) davlat statistika hisobotini 2020- yilning 29-maydan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

 

   Bugun Sirdaryo tumani bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi va Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan «Biz yaxshilik zanjirining birimiz!” aksiyasi amalga oshiriladi.

  

   «Biz yaxshilik zanjirining birimiz» aksiyasida Viloyat avtomobil yo’llari hududiy bosh boshqarmasining ishtiroki

 

   Sirdaryo tumanida yashovchi kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq ovqat mahsulotlari ulashilmoqda…

 

 

 

   Sirdaryo tumani Yoshlik mahallasi 2 guruh nogironi Izbosarova Farog‘at opa xonadoniga oziq ovqat (un, paxta yog‘i, makaron, sabzi, shakar) mahsulotlari ulashildi.

 

   Sardoba tumani sektor rahbarlari aksiyasida faol ishtirok etishmoqda.

 

 

   O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda barcha tuman (shahar) Kengashlari va ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, faollar bilan birgalikda Sirdaryo tumanidagi “Adolat” mahallasida “Biz yaxshilik zanjirining birimiz” aksiyasini boshladi.

 

   Aksiyasida «O‘zbektelekom» AK Sirdaryo filiali hodimlari faol ishtirok etishmoqda

 

   Viloyat Elektr tarmoqlari AJ korxonasi tomonidan Sirdaryo tumani 42-maktabga transformator va liniya qurish ishlari ketmoqda.

 

    Har ishda biz faolmiz. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham aksiya doirasidagi tadbirlarini erta tongdan Sirdaryo tumani Tadbirkorlar mahallasidan boshladi.

 

    Viloyat Qurilish boshqarmasi xodimlari Sirdaryo tumani Tadbirkorlar mahallasi «Afsona» ko‘chasida yashovchi birinchi guruh nogironi Do‘stmetov Shavkatning tomorqasini bahor fasli kirib kelishi munosabati bilan yerni ag‘darib berdilar.

 

    Viloyat Uy-joy kommunal boshqarmasi xodimlari Sirdaryo tumani «Orzu» mahallasida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqdalar.


Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash