Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

   

Bugun Sirdaryo viloyat hokimligining katta majlislar zalida viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida “Rahbar ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va qizlarni hayotga tayyorlashda jamoaning roli” mavzusida viloyatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarining 400 nafardan ortiq rahbar va xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Ushbu seminarni o‘tkazishdan maqsad:

    Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5325-son Farmonida belgilangan 4 ta ustivor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan
xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni ta’minlash;

   Ikkinchidan, Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha  jamoat tashkilotlarining  Hamkorlik dasturida belgilangan korxona, tashkilot, muassasalardagi rahbar ayollar ishtirokida “Ayol ma’naviyati”“Rahbar ayolning qiyofasi” mavzularida suhbat o‘tkazish;

     Uchinchidan, Muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishdagi nuqsonlar;

    To‘rtinchidan, Rahbar ayollarning kiyinishi va jamiyatda o‘zining odob ahloq normalariga amal qilishi;

     Beshinchidan, jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirishdan iborat.

    Avvalombor, ayol deganda munis ona, suyukli yor, mehribon singil, kuyunchak xodim, oqila rahbar ko‘z oldimizga keladi. Ayol go‘zallik ramzi, hayotning bardavomligi ramzi, sadoqat va fidoiylik ramzidir. Ayollarni farishtadek pok deb e’zozlashadi, umrimizning guli deb erkalashadi, hayotimiz chirog‘i deb ko‘klarga ko‘tarishadi, u shoirlarga ilhom baxsh etadigan inson hisoblanadi. Muhtaram, Prezidentimiz “Yer yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi” degan gaplari, O‘zbekiston ayollarining bu kun qanchalar qadrli va ehtiromda ekanini bildiradi.

    Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda ayollarimiz jamiyatimizda muhim o‘ringa ega. O‘zbekiston aholisining 50 foizidan ortig‘ini tashkil etadigan ayollar hozirgi kunda kirib bormagan soha yo‘q desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayollarga bo‘lgan yuksak e’zoz va e’tiborni Prezidentimiz farmonlari bilan ko‘plab xotin-qizlarning yuksak unvonlarga, orden va medallarga sazovor bo‘layotganliklarida ham ko‘rish mumkin. Viloyatdagi bir qator faol ayollar ham “El-yurt  hurmati”“Fidokorona xizmatlari uchun”“Sog‘lom avlod uchun”“Do‘stlik” ordenlari, “Shuhrat” medali, “O‘zbekiston  Respublikasi mustaqilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

     Bugungi kunning yangi talablari keksalarni e’zozlash, oila qadriyatlarini o‘g‘il qizlarga yoshlik chog‘laridan to‘g‘ri tushuntirish, oilaviy muammolarning tub ildizini chuqur o‘rganib, ajrimlarga yechim topish, mahalllarda xotin-qizlar bilan ishlaydigan mutaxassislarning bilimini oshirish asl milliy urf-odatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar ongini yot g‘oyalardan saqlashdan iborat.

Sirdaryo viloyat hokimyati Axborot xizmati

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash