Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

   Bugun 8 oktyabr kuni Sirdaryo tuman hokimligi majlislar zalida, “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida 18 yoshga to‘lgan va birinchi marotaba saylovda ishtirok etuvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

   Tadbirda Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashiga saylov o‘tkazuvchi tuman komissiyasi raisi G‘.Xusayinov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi o‘rinbosari M.Xayitov, O‘zbekiston Respublikasi Liberal demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘lmi mudiri X.Jabborov, Sirdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Jo‘raeva xamda siyosiy partiya vaqillari va yoshlar qatnashdilar.

   Tadbirda so‘zga chiqganlar, saylov jarayonining shaffofligi, yangi qabul qilingan kodeksning mazmun-mohiyati xamda yoshlar ovozining saylov jarayonidagi o‘rni xaqida gapirib o‘tdilar.

   Jumladan bu yilgi saylovda Sirdaryo viloyatida 17 mingdan ortiq yoshlar 18 yoshda ekanligi va birinchi marotaba saylovda ishtirok etishi ta'kidlandi.

  Tadbir yakunida  yoshlar bilan savol javoblar o‘tkazildi.Savollarga  to‘g‘ri javob bergan yoshlarga siyosiy partiyalar vaqillari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati 

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash