Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Bugun 9 sentyabr kuni viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida Sirdaryolik yosh ijodkorlarga viloyat hokimining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining 28 yillik mustaqillik bayrami tantanalarida Sayxunobodlik yosh sa’natkor Turobova Muhlisa Qaxramonovna va Yangier shahridan Xalima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktab o‘quvchisi Yunusov Boymurot Ne’matovichlar Sirdaryo viloyati nomidan ishtirok etishgan.

Viloyat xokimi G‘.Mirzaev yosh iste’dodli ijorkorlarni taqdirlar ekan, “Sirdaryoda milt etgan yulduz borki, uning xomiysi menman” deb ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek Nihol mukofoti sovrindori Muxlisa Turobova ijrosida bir varakayiga 3 ta doira chalgan holda musiqa ijro etdi.

Viloyat xokimligi axborot xizmati

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash