Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvat va sahovatdan boshlanadi. Yetim-esir, beva-bechora va nogironlarga muruvvat ko‘rsatish, sidqidildan beg‘araz yordam berish kabi fazilatlar azaldan ma’naviy ongimizga singib ketgan.

Zero, Alloh yo‘lida qilinadigan sadaqa va ehsonlarning fazilati to‘g‘risida Qur’onda shunday deyilgan:

«Sadaqalaringizni agar oshkora bersangiz, juda yaxshi. Bordi-yu, kambag‘allarga pinhona bersangiz – o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir va (U) gunohlaringizdan o‘tar. Alloh qilayotgan (barcha) ishlaringizdan xabardordir». (Baqara surasi, 271 oyat)

Demak sadaqani xoh oshkora xoh yashirincha bersin, niyati xolis bo‘lsa, sadaqaga va’da qilingan mukofotga ya’ni gunohlarining kechirilishiga erishiladi.

Ulamolar ehsonni insonning imoni borligini tasdiqlovchi amal deyishgan. Chunki xayri ehson qiluvchi kishi o‘ziga begona bo‘lgan va hech ham manfa’at kelmaydigan odamga imkonidan kelib chiqib bir narsani beradi.

Bugungi kunda o‘zgalar parvarishiga muhtoj insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish borasida qilinayotgan ishlarni e’tirof etmaslikning imkoni yo‘q.

Xususan, Yangier shahridagi nogiron ayollar uchun faoliyat yurituvchi “Muruvvat” uyiga Qurbon hayiti munosabati bilan Sirdaryo viloyat hokimi, viloyat korxona va tashkilot raxbarlari hamrohligida muassasadagi 150 nafardan ortiq nogiron ayollar holidan xabar olish uchun tashrif buyurishdi va hayriya tadbiri o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida yaxshi tilaklar bildirilib, bayram dasturxoni yozildi hamda o‘zbek milliy taomlaridan osh tayyorlandi.

 

Yangier shahar hokimligi

Murruvat uyi direktori N.Sharipova mehmonlarga ushbu dargohda nogironlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, zamonaviy jihozlangan xonalar hamda ishlovchi xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida so‘zlab berdi.

 

 

Hayriya tadbiri yakunida tashkilotchilar tomonidan mazkur muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga turli-tuman sovg‘alar ulashildi.

Jamiyatimizda hech bir inson mehr va e’tibordan chetda qolishi mumkin emas. Viloyat hokimi boshchiligidagi homiylar guruhining mazkur «Muruvvat» uyiga tashriflari chog‘ida e’tiborga muhtoj insonlar ko‘ngliga yo‘l topilganligi buning amaliy ifodasi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Ezgulikka yo‘g‘rilgan mazkur hayriya tadbiri kishilar o‘rtasida mehr oqibat, odamiylik, ezgulik kabi fazilatlarni yanada kuchaytirishi bilan birga barchani hayrli savob ishlar sari undashiga ishonchimiz komil.

Eng asosiysi esa bu ezgu ishlar samarasi o‘laroq yakunda yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to‘kin-sochin, qilayotgan ishlarimizning unumi bundanda oshadi Ishaalloh.

Yangier shahar hokimligi
matbuot xizmati

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash