Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 30 iyun “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida “Yoshlar kuni” keng nishonlandi. Viloyatimizning tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan faol yigit va qizlarimiz Guliston shahri markazidagi “Yurt bayrog‘i” maydoniga yig‘ilib, bayram tantanalarini ko‘tarinki ruxda nishonladilar. Shu yerning o‘zida viloyatning barcha yoshlari ishtirokida bayram sharafiga maxsus tayyorlangan “Bayram torti”ni tantanali kesish va tarqatish tadbiri o‘tkazildi. Bayram torti tantanali kesilib, barcha yig‘ilgan viloyat yoshlariga tortiq etildi.

Tadbir davomida Guliston shahrida joylashgan Yoshlar markazida viloyat hokimi G‘.Mirzaev viloyatning barcha yoshlari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvda viloyatdagi barcha tuman, shaharlardan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv savol-javob va bahs munozara tarzida o‘tkazilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olib, mavjud muammoli masalalar shu yerning o‘zida hal etildi hamda tegishli mutassadi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi. Viloyat yoshlari bundan mamnun bo‘lib, viloyat rahbariga o‘z taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Yil davomida eng faol yoshlar viloyat hokimi tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, Guliston shahrida “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan gala-kontsert tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Gala-kontsertga respublikamizning taniqli xonandalari tashrif buyurib, barcha yig‘ilgan yoshlarni o‘zlarining kuy va qo‘shiqlari bilan baxramand etmoqda.

 

Viloyat hokimligi

axborot xizmati

 

 

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash