Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi raisi A.Ikramov, viloyat hokimi G‘.Mirzaev, tuman va shaharlardan mas’ullar, nuroniylar hamda mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirda viloyat hokimi G‘.Mirzaev so‘zga chiqib, bugungi kunda Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga, fermerlar va hunarmandlarga berilayotgan e’tibor, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovda viloyatning barcha hududlaridan hamda Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan tashrif buyurgan tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, ko‘rik-tanlov doirasida Guliston shahar Amfiteatr maydonida 5 tonnalik “Mega palov” tayyorlanib, viloyatdagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron aholi qatlamiga tarqatildi.

Shu o‘rinda “Mega palov” shou-tadbiri doirasida poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli xushovoz san’atkorlarning kontsert dasturi va ko‘rik-tanlov yakuni bilan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshiriladi.

 

Viloyat hokimligi

axborot xizmati

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash