Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Diqqat !!! Hisobotlarni topshirish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 dasturini yuklab oling !!!

 

Bugun Oqoltin tumani Shodlik mahallasida “Sirdaryo Baraka chevarlari” mas’ulyati cheklangan jamiyatiga qarashli 120 o`ringa mo`ljallangan zamonaviy tikuv mashinalari bilan jihozlangan yangi tikuvchilik korxonasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbirda viloyat hokimi G`.Mirzayev, Bosh vazir o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mita raisi T.Narbayeva, viloyat faollari, tuman hokimligi, nuroniylar va mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Viloyat hokimi G`.Mirzayev so`zga chiqib, mana shunday ulug` kunlarda barpo etilgan tikuv korxonasi ochilish marosimi bilan barcha oqoltinliklarni samimiy qutlab, korxonadagi ishchi xodimlarga omadlar tiladi. Mazkur tikuv korxonasi ishga tushirilishi natijasida 120 nafar xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlandi.

Korxona barpo etilishiga 1 milliard 80 million so`m mablag` ajratilib, shifoxonalar uchun oyiga 10-12 mingta yotoq (prostina, yostiq ko`rpa) buyumlari tikishga mo’ljallangan.

 

Viloyat hokimligi

 axborot xizmati

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash