Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Diqqat !!! Hisobotlarni topshirish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 dasturini yuklab oling !!!

Mazkur bayram tadbirida viloyat sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan Rossiya Qahramonlar Assotsiatsiyasi Prezidenti Shamanov Vladimir Anatolevich, Sovet Ittifoqi Qahramoni, kosmonavt Djanibekov Vladimir Aleksandrovich, Rossiya Qahramonlari, kosmonavtlar Sharipov Salijon Shakirovich, Onufrienko Yuriy Ivanovich hamda bir guruh mehmonlar ishtirok etdi. Mehmonlarni viloyat hokimi G‘.Mirzaev kutib oldi.

Tadbirda viloyat hokimi G‘.Mirzaev so‘zga chiqib, tashrif buyurgan delegatsiya a’zolarini hamda yig‘ilganlarni bugungi xalqaro bayram bilan samimiy qutladi.

Bayram tadbirida tuman va shahar Xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan milliy urf-odatlarimizni namoyon etuvchi ko‘rgazmalar, shuningdek, poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar, folklor guruhlar, Respublika ichki ishlar vazirligi qoshidagi Ansambl jamoasi mehmonlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi. Tashrif buyurgan mehmonlar uchun maxsus bayram dasturxoni bezatildi.

Tadbir so‘ngida viloyat hokimi tomonidan mehmonlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim qilindi. Shu o‘rinda Rossiya Qahramonlar Assotsiatsiyasi Prezidenti Shamanov Vladimir Anatolevich viloyatimiz rahbariga esdalik sovg‘asini topshirdi.

 

Viloyat hokimiligi

axborot xizmati

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash