Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

1-K (oylik), 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik), 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik), 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik), 2 dekabrdan kechiktirmay: 2-narx (oylik), 5 dekabrdan kechiktirmay taqdim etishni unutmang.

Joriy yilning 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3939-sonli qarori ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha Guliston shahrida joylashgan Musiqali drama teatr hududida ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda viloyatning 4 ta sektor rahbarlari, tuman va shahar hokim o‘rinbosarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi. 

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – Yurtboshimizning mazkur qarorlari asosida yoshlarimizni va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolarimizni tadbirkorlikka jalb etish, viloyatimizdagi mavjud imkoniyatlar, moddiy va moliyaviy resurslar hamda berilgan imtiyozlar to‘g‘risida keng tushunchaga ega bo‘lishlari, shuningdek viloyatimizdagi salohiyatli korxonalar faoliyati hamda yangi ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishtirishdir.

Bugungi kunda Yurtboshimiz boshchiligida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha katta islohotlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentimizning “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi, “2018-2019 yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinib, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvtlash va keng sharoitlar yaratib berish bo‘yicha huquqiy erkinliklar berilmoqda.

Viloyatda jami 1376 ta bo‘sh turgan binolar, ularda 4298 m2 bino va yer maydonlari mavjud. Bugungi kunda 399 ta bo‘sh turgan binolar negizida 622,4 mlrd. so‘mlik investitsion loyihalar shakllantirildi. Mazkur tadbirda jami 198 ta bo‘sh bino va inshootlar negizida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 424,4 mlrd. so‘mlik loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Bulardan tashqari, hududlarda jami 857 gektar 553 ta bo‘sh turgan yer maydonlarini tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan tashabbuskorlarga belgilangan tartibda ajratib berilishi rejalashtirildi. Shuningdek tadbirda, viloyatimizda samarali faoliyat yuritayotgan 40 taga yaqin sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, jumladan, “Peng Sheng” qo‘shma korxonasi, “Best Fashion” xorijiy korxonasi, “Baxromjon Nur savdo” korxonasi, “Vangda Metal” qo‘shma korxonasi va boshqa korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

Viloyat hokimligi

axborot xizmati

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash