Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Diqqat !!! Hisobotlarni topshirish uchun stat.uz saytidan eStat 3.0 dasturini yuklab oling !!!

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini qabul qildi
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda bo‘lib turgan nufuzli delegatsiyani samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar izchil rivojlanib borayotganiga yuksak baho berdi.
 
Joriy yil mart oyida Abu-Dabi va Dubay shaharlarida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishda yangi bosqichni boshlab bergani qayd etildi.
 
Tashrif yakunida muhim kelishuvlarga erishildi, jumladan, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi. Ularni to‘liq amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda tegishli “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.
 
Qabul davomida davlat tashkilotlari, ilmiy markazlar, yetakchi kompaniya va korxonalar, bank-moliya institutlari darajasida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta'kidlandi.
 
Birlashgan Arab Amirliklarining davlat boshqaruvi va innovatsion rivojlanish sohasidagi ilg‘or tajribasini joriy etishda o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
 
Mamlakatlarimiz ekspertlari hamkorligida ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
 
Vazir samimiy qabul uchun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi hamda BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
 
Muhammad al-Qarqoviy O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirish borasidagi intilishi qat'iy ekanini ta'kidladi.
 

Mnaba: O‘zA
 
 
 

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash